Mango Market icon

Mango Market vVARY

Download Options
View on Google Play

Screenshots

Mango Market screenshot 0 Mango Market screenshot 1 Mango Market screenshot 2 Mango Market screenshot 3 Mango Market screenshot 4 Mango Market screenshot 5 Mango Market screenshot 6 Mango Market screenshot 7 Mango Market screenshot 8 Mango Market screenshot 9 Mango Market screenshot 10 Mango Market screenshot 11 Mango Market screenshot 12 Mango Market screenshot 13 Mango Market screenshot 14

About this app

Atrofingizdagilar bilan qulay, xavfsiz va oson oldi-sotdi qiling!

Hozirda ko‘pchilik o‘zi asrab-avaylab ishlatgan telefonini yoki boshqa buyumlarini sotish uchun uzoqdagi do‘konlarga borishga yoki firibgarlarga to‘lib ketgan turli xil dasturlar orqali sotishga majbur bo‘ladi.

Mango Market - bu sizga yaqin masofada yashovchilarga buyumlaringizni sotish yoki ulardan ishonchli buyum xarid qilish imkonini yaratadi.

Qanday ishlaydi?

Agar buyumingizni sotmoqchi bo‘lsangiz:

1. Buyumingizni qulay va oson dastur orqali sotuvga qo‘yasiz.
2. Sizga yaqin masofadagi xaridorlar sizga xabar yozishadi.
3. Xaridorlardan birini tanlab, mo‘ljal manzilni berasiz.
4. Xaridor kelishilgan vaqtda aytilgan manzilga keladi, buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirgandan so‘ng pulini to‘lab oladi.

Agar siz xaridor bo‘lsangiz:

1. Sotuvchiga xabar yozasiz.
2. Sotuvchi sizga manzil beradi.
3. Berilgan manzilga borasiz.
4. Buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirganingizdan so‘ng, agar hammasi ma’qul bo‘lsa, pulini to‘lab xarid qilasiz.

Dasturda faqat belgilangan radiusdagi e’lonlarni ko‘rishingiz mumkin (maximal radius — 20 km atrofida).
Buning asosiy sababi - firibgarlikning oldini olish. Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi masofa qisqa bo‘lganda, buyumni shaxsan ko‘rib, tekshirib olish oson bo‘ladi.
Bu esa “pochta orqali yuboring” yoki “kartaga pul o‘tkazing” kabi firibgarlik usullarini bartaraf etadi.

Buyumingizni sotayotganingizda pulini olmasdan turib, uni pochta yoki yetkazib berish xizmati orqali yubormaslikni tavsiya qilamiz.


Xarid qilayotganingizda esa, hech qachon buyumni shaxsan ko‘rmasdan turib, pulini (to‘liq yoki qisman) yubormasligingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

Mango Market - bu sotuvchi va xaridorni bog‘lovchi platforma.
Biz hech qaysi bitim tomonida emasmiz, e’lonlarni tekshirib yoki kafolatlab bermaymiz.

Version Information

Version
-
Downloads
10K+
Updated on
-
Released
Aug 13, 2025
Requires
Android Varies with device

Ratings & Reviews

0 ratings

Explore Tags

Browse all tags