Lalu - Homiladorlik maktabi vv3.1.6
Ayollar kundaligi va Homiladorlik kalendariAbout this app
Developer Description
Homiladorlik maktabi & Onalar maktabi. Homiladorlik kalendari: haftama-hafta
Home alar bilan muloqot qilish imkoniyati, umuman homiladorlik davri va bola parvarishi jarayonida asqatadigan zarur bilim va ko'nikmalar mavjud!
Hammasi homiladorlik maktabi va onalar maktabi yagona ilovasida!
Ayol hayotidagi hayajonli davrning biri homiladorlik bo‘lsa, ikkinchisi albatta shirin farzandining kun sayin ulg‘ayishini kuzatishdir.
Bu paytlarda yosh onada, shuningdek yosh oilada his-tuyg‘ular shunchalik jo‘sh-uradiki ularning sof va nozik tuyg‘ularini kapalak qanot qoqishiga qiyos etish mumkin!
Keling, ajib va takrorlanmas davrni Lalu bilan birga o‘tkazing. Bizning kapalak siymomiz sizni har kuni, har dam qiziq va sehrli olamga eltadi. Homiladorlik maktabi orqali bilimlar olasiz, ko'nikmalar egallaysiz va onalik sari dadil qadam tashlaysiz!
Xo‘sh, biz bilan takrorlanmas hissiyotlarga sho‘ng‘ishga tayyormisiz, unda hoziroq ilovani homiladorlik kalendari (taqvimi) bilan birgalikda yuklab oling. Hamda sog‘lom farzand dunyoga keltirish, uni parvarishlash singari masʼuliyatli vazifani Laluʼda olgan bilimlaringizga tayangan holda osonroq ado eting.
Yangilangan mobil ilovamiz sizga butun homiladorlik davri hamda bola parvarishlash jarayonida asqatadigan quyidagi funksiyalarni taqdim etadi:
Homiladorlik kalendari - 40 hafta davomida homilangizdagi va sizdagi o‘zgarishlar, homiladorlikda to‘g‘ri ovqatlanish, ginekolog maslahatlari, muddatingizga mos ravishda tavsiya qilingan tibbiy tekshiruv rejalari haqida maʼlumotlar;
Homila rivojlanish ko‘rsatkichlari - Homilangizning haftalik o‘lchamlari, yurak urushlar soni hamda ilmiy tasdiqlangan tavsiya va maʼlumotlar;
Bola rivojlanishi kalendari - Chaqaloqning chilla davri va uning bir oylikdan bir yoshigacha bo‘lgan rivojlanishi bayon qilingan foydali taqvim. Kalendar orqali bola ovqatlanishi, uyqusi, psixologiyasi, qobiliyatlari va boshqa ko‘plab o‘zgarishlarini oyma-oy kuzatib borish imkoniyati;
Chaqaloq parvarishi bo‘yicha foydali ko‘rsatmalar va boshqa ko‘plab foydali ko‘nikmalarni o‘rganish;
Emlash taqvimi - emlash vaqtlari haqida bildirishnoma olish va emlanganlikni qayd qilish vositasi;
Vazn nazorati - homilador ayol hamda yosh bolalarni to‘g‘ri va sog‘lom rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan og‘rilikni nazorat qilish imkoniyati;
Mashqlar - Homiladorlar uchun mo‘lajallangan muhim va zaruriy mashqlar to‘plami hamda bajarish ketma-ketliklari;
Ismlar maʼnosi - Bo‘lajak farzandingizga chiroyli va maʼnoli ism tanlash uchun maxsus bo‘lim. Bu bo'limda ismlar ma'nosi haqida ma'lumot olib, yoqtirgan ismlar ro'yxatingizni ham shakllantirishingiz mumkin;
Maqolalar - Ushbu bo‘limi orqali o‘zingizni qiziqtirgan homiladorlik davri va bola parvarishlash bo‘yicha foydali hamda ilmiy tasdiqlangan maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Lalu hamjamiyati - Boshqa homilador ayollar va yosh onalar bilan fikr va tajriba almashish uchun ilovamizdan foydalaning.
Va yana ko‘plab qizqarli va zarur vositalar…
Lalu barcha bolalar sog‘lom bo‘lishini xohlaydi!
Agar ilova yuzasidan savol yoki takliflaringiz bo‘lsa, shuningdek ilova ishlashi bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, biz bilan bog‘laning!
What's New
In-app purchases
$4.99 - $24.99 per item
Version Information
- Version
- v3.1.6
- Downloads
- 500K+
- Updated on
- Dec 24, 2025
- Released
- Aug 21, 2021
- Requires
- Android 7.0
Statistics
Google Play Rating History
Rating Distribution
Downloads Over Time
Lalu - Homiladorlik maktabi has been downloaded times. Over the past 30 days, it averaged downloads per day.
Shaded area shows 30-day prediction based on historical trends
Historical data collection started recently. More data points will be available over time.
Lalu - Homiladorlik maktabi - Google Play Rankings
Top Rankings
| Rank | Country | Category | List | Change |
|---|---|---|---|---|
| — |
Ranking History in
No ranking data available yet. Rankings are updated daily.
#73 in Top Free Parenting in Russia
#84 in Top Free Parenting in Poland
Lalu - Homiladorlik maktabi users say on Google Play
Very useful and easy app to use, full of handy info Awesome))
dasturilar yahshi lekin bazinkamchiliklari bor masalan onani akkountiga ota ni qo'shish qismini qo'shish kerak uni ona akkouti bilan synchron qilsa yahshi bolardi
Reklamalar ko'p. Homiladorlarni asab kasal qiladi😂
The best app for all pregnant women
Why new version is not available? I can't log into😡